Reelpay← Bosh sahifa

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 27-sentabr

1. Qanday maʼlumotlarni yigʻamiz

Email, ism, kompaniya maʼlumotlari, ulangan ijtimoiy akkaunt (username, profil ID), yuborilgan post havolalari va ularning statistikasi (koʻrishlar), toʻlov soʻrovlari uchun koʻrsatgan hisob raqamingiz.

2. Nima uchun

Akkaunt sizniki ekanini tasdiqlash, kampaniya natijalarini hisoblash, daromadni toʻlash, soxta koʻrishlar (nakrutka) va firibgarlikka qarshi kurashish hamda xizmatni yaxshilash.

3. Instagram, TikTok, YouTube

Siz akkauntni ulaganda faqat oʻqish ruxsati olinadi: profil maʼlumotlari va postlaringiz statistikasi. Biz sizning nomingizdan hech narsa joylamaymiz. Ulashni istalgan vaqtda oʻchirishingiz mumkin, shunda saqlangan kirish kaliti oʻchiriladi.

4. YouTube API Services

Reelpay YouTube API Services xizmatlaridan foydalanadi. YouTube akkauntini ulash orqali siz YouTube foydalanish shartlariga (www.youtube.com/t/terms) rozilik bildirasiz, maʼlumotlaringizga Google maxfiylik siyosati (policies.google.com/privacy) ham amal qiladi. Biz faqat kanalingiz nomi, identifikatori va siz kampaniyaga yuborgan videolarning koʻrishlar sonini oʻqiymiz.

5. Ulanishni bekor qilish va maʼlumotni oʻchirish

Kabinetdagi “Ijtimoiy akkauntlar” boʻlimida akkauntni oʻchirsangiz, kirish kaliti platformada bekor qilinadi va bizdan oʻchiriladi. Ruxsatni platformaning oʻzida ham olib tashlashingiz mumkin: Google — myaccount.google.com/permissions, Instagram — Sozlamalar → Ilovalar va saytlar, TikTok — Sozlamalar → Xavfsizlik → Ruxsatlar. Platformadan olingan maʼlumotlar faqat kampaniya hisob-kitobi uchun ishlatiladi; ulanish bekor qilinsa, yangilanmaydi va 30 kun ichida hisob-kitobga aloqasi boʻlmagan qismi oʻchiriladi.

6. Saqlash va himoya

Kirish kalitlari shifrlangan holda saqlanadi. Moliyaviy yozuvlar qonun talab qilgan muddat davomida saqlanadi. Maʼlumotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi.

7. Sizning huquqlaringiz

Maʼlumotlaringizni koʻrish, tuzatish va akkauntni oʻchirishni soʻrash huquqiga egasiz: support@reelpay.uz.

8. Yoshlar

18 yoshga toʻlmaganlar faqat qonuniy vakil roziligi bilan qatnashishi mumkin.