Reelpay← Bosh sahifa

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 27-sentabr

1. Xizmat

Reelpay brendlar va kontent yaratuvchilarni bogʻlaydi. Ijodkorlar kampaniya talablariga mos video joylaydi va tasdiqlangan koʻrishlar uchun haq oladi.

2. Akkaunt

Siz faqat oʻzingizga tegishli ijtimoiy akkauntlarni ulashingiz mumkin. Bir akkaunt faqat bitta foydalanuvchiga tegishli boʻladi.

3. Platforma shartlari

YouTube, Instagram yoki TikTok akkauntini ulash orqali siz oʻsha platformalarning foydalanish shartlariga, jumladan YouTube foydalanish shartlariga (www.youtube.com/t/terms) rozilik bildirasiz.

4. Soxta koʻrishlar (nakrutka) taqiqlanadi

Sotib olingan yoki botlar orqali yigʻilgan koʻrishlar, like va obunachilar qatʼiyan taqiqlanadi. Aniqlansa, tegishli daromad bekor qilinadi, pul brend budjetiga qaytadi va akkaunt bloklanadi.

5. Hisob-kitob

Daromad = tasdiqlangan koʻrishlar × 1 000 koʻrish narxi ÷ 1 000 va u bitta video limitidan oshmaydi. Natija chiqqach, 7 kunlik eʼtiroz muddati amal qiladi, shundan keyin pulni yechib olish mumkin.

6. Kontent

Brend kampaniya talablari bajarilmagan videoni aniq sabab bilan rad etishi mumkin. Rozi boʻlmasangiz, eʼtiroz bildirasiz va moderator koʻrib chiqadi.

7. Javobgarlik

Platformalar (Instagram, TikTok, YouTube) qoidalarini buzgan kontent uchun ijodkor javobgar. Reelpay shartlarni oldindan xabar berib oʻzgartirishi mumkin.